“U umidlarni oqlay olmadi”
Iskoning omadi yurishmayapti.

“Sevilya” bosh murabbiyi Xorxe Sampaoli ispaniyalik yarim himoyachi Iskoning o‘z jamoasini tark etishi haqida gapirdi.
“Isko ajoyib yigit va men unga omad tilayman. Biz ajoyib iqtidorga ega futbolchini qo‘yib yubormoqchimiz. Ammo u klubning umidlarini oqlay olmadi”, — deya Sampaolining so‘zlaridan “Marca” nashri iqtibos keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, Isko o‘tgan yozda “Sevilya” futbolchisiga aylangandi. Umuman olganda, 30 yoshli futbolchi klub safida 19 ta rasmiy o‘yinda qatnashib, bitta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
OAV xabariga ko‘ra, Isko “Sevilya”ni klub sport direktori Ramon Monchi bilan kelisha olmagan.







