Volkanovski Maxachevga qarshi “duel”ga tayyorlanyapti
Jang kelasi yil bo‘lib o‘tadi.

Yengil vazn toifasida UFC chempioni Aleksandr Volkanovski rossiyalik Islom Maxachevga qarshi jangga qanday tayyorlanayotgani haqida gapirib berdi. Ularning jangi kelasi yilning fevral oyida bo‘lib o‘tadi.
“Men mashg‘ulotlarni boshlaganman. Sparring paytida o‘zimda charchoqni his qilyapman. Ammo butunlay charchagan bo‘lsam ham, mashg‘ulotlarda davom etaman va men bilan shug‘ullanish oson emas”, — dedi Volkanovski.
Eslatib o‘tamiz, Volkanovski o‘zining so‘nggi jangida AQSH vakili Maks Xolluey bilan jang qilib, katta ustunlik bilan g‘alaba qozongan edi. Maxachev so‘nggi jangida braziliyalik Charlz Oliveyrani mag‘lub etgandi.







