Sport

Zidanning oldida bitta variant bor

Qolgan umidlar puchga chiqmoqda.

Zidanning oldida bitta variant bor

 

Zinedin Zidan 2021 yilning may oyida “Real Madrid” bosh murabbiyligidan bo‘shagandan beri ishsiz yuribdi. Uch karra Chempionlar ligasi g‘olibiga aylangan murabbiy yangi faoliyatini boshlashda juda ko‘p o‘ylamoqda. 

 

“L‘Équipe” nashrining yozishicha, Zidan Qatardagi jahon chempionatidan keyin Fransiya terma jamoasini boshqarishini kutgan. Bosh murabbiy Dide Deshamning shartnomasi 2022 yilning 31 dekabrida tugaydi. Agar jamoa medal qo‘lga kiritmaganida, Desham bilan kelishuv uzaytirilmagan bo‘lardi. Ammo Fransiya finalga chiqdi, u yerda esa Argentinaga faqat penaltilar ceriyasida mag‘lub bo‘ldi. Bu degani, murabbiylik lavozimini o‘zgartirishga hojat yo‘q.

 

“Marca” xabariga ko‘ra, Desham shartnomasini Yevro-2024gacha emas, balki 2026 yilgi jahon chempionati oxirigacha uzaytirishga tayyor. Fransiya futbol federatsiyasi ham bu shartga rozi. Yanvar oyida Desham mamlakat futbol federatsiyasi prezidenti Noel Le Gre bilan uchrashadi, shundan so‘ng barcha tafsilotlar hal bo‘ladi. Umuman olganda, Deshamning Fransiya terma jamoasini tark etishi dargumon.

 

Deshamning shartnomasi uzaytirilishi Zinedinga klublardagi faoliyatiga qaytishga majbur qiladi. O‘tgan yozda “L‘Équipe” nashri Zinedin faqatgina “Bavariya”, “Real”, “PSJ” va “Yuventus” bilan variantlarni ko‘rib chiqishga tayyorligini xabar qilgan edi. Premyer-liga klublari uni o‘ziga jalb qilmayapti, bu borada pozitsiya o‘zgarishi haqida hech qanday maʼlumot yo‘q.

 

“Real Madrid” Karlo Anchelotti bilan ajoyib ishlamoqda. Agar 63 yoshli italiyalik murabbiy nafaqaga chiqishga qaror qilsa, bo‘sh o‘rin nazariy jihatdan 2023 yilgi mavsum oralig‘ida paydo bo‘lishi mumkin. Ammo madridliklar prezidenti Florentino Peres uning o‘rniga Zidanni tayinlashga rozi bo‘lishi aniq emas. Fransuz 2016 yildan 2018 yilgacha va 2019 yildan 2021 yilgacha “Real”ni boshqargan.

 

Dastlabki faoliyati juda omadli bo‘ldi va klub bilan Chempionlar ligasida ketma-ket uchta g‘alaba qo‘lga kiritildi. 2019/2020 yilgi mavsumda esa faqat La Liga va Ispaniya Superkubogida muvaffaqiyat qozonildi. Peres Zidanning navbatdagi kelishi regressiyaga olib kelishi mumkinligini tushunadi.

 

Fransiyalik murabbiy uchun endi “PSJ” ham variant emas. Birinchidan, parijliklar hozirgi bosh murabbiy Kristof Galtiyer bilan ajoyib ish olib borishmoqda. Ikkinchidan, yozda “PSJ” Zinedin bilan shartnoma borasida deyarli kelishib olgandi, ammo so‘nggi lahzada murabbiy tashabbusi bilan kelishuv barbod bo‘ldi. Mavsum oxirida Galtiyer biron sababga ko‘ra klubdan ketgan taqdirda ham, so‘nggi muzokaralardagi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng klub rahbariyati Zinedinga murojaat qilmasa kerak. Mutaxassisning o‘zi ham Parij superklubiga qiziqishni yo‘qotgan.

 

“Bavariya” joriy mavsum boshida Bundesligada muammolarga duch keldi. Aftidan, bosh murabbiy Yulian Nagelsman nazoratni yo‘qotib qo‘ygandek tuyuldi, ammo rahbariyat unga ishonch bildirishdi va tez orada vaziyat yaxshilandi. Myunxenliklar jahon chempionati uchun tanaffus oldidan turnir jadvalida birinchi o‘ringa qaytdi. Chempionlar ligasida “Bavariya” ajoyib natijaga erishdi. Jamoa “Barselona” va “Inter” bilan guruhdagi barcha o‘yinlarda g‘alaba qozondi. Ammo Nagelsmanning isteʼfosi hech bo‘lmaganda mavsum oxirigacha amalga oshmasligi tabiiy.

 

Muammoli “Yuventus” – Zidan uchun yagona imkoniyat

 

Vaziyat shunday rivojlanmoqdaki, Zidanning qiziqishlari ro‘yxatidan faqat “Yuventus” qolmoqda. “L‘Équipe”ning aytishicha, Zinedin Turinga o‘tishga tayyor. Buning uchun yaxshi shartlar mavjud.

 

Massimiliano Allegrining pozitsiyasi qaltis. Jamoa Yevropa ligasiga tushib ketdi, buning natijasida ular katta pul yo‘qotdi. A Ceriyada “Yuventus” uchinchi o‘rinda bormoqda. Keyingi mavsumda Chempionlar ligasida ishtirok eta olmaslik xavfi ham bor. Chempionlar ligasiga yo‘llanmani qo‘lga kirita olmaslik jamoani yangi bosqichga olib chiqa olmaydigan murabbiy bilan xayrlashishga olib keladi.

 

Zinedin 1996 yildan 2001 yilgacha turinliklar safida o‘ynagan. U “Yuventus” afsonasi va yaqin tarixdagi eng muvaffaqiyatli klub menejerlaridan biri, ayniqsa Chempionlar ligasida g‘alaba qozonishni yaxshi biladi. “Yuventus”da Zinedin, albatta, kadrlar masalasida keng vakolatlarga ega bo‘ladi, ammo klubning istiqbollari va resurslari qanday?

 

Jahon chempionati vaqtida “Yuventus” direktorlar kengashining barcha aʼzolari isteʼfoga chiqdi. Prezident Andrea Anelli, vitse-prezident Pavel Nedved va bosh direktor Mauritsio Arrivabene kabi taniqli shaxslar klubni tark etishdi. Anelli “Yuventus”ni 2010 yilning may oyidan buyon boshqarib kelayotgan edi. Uning qo‘l ostida klub to‘qqiz yil ketma-ket Italiya chempioni bo‘ldi, ikki marta Chempionlar ligasi finaliga chiqdi, besh marta Italiya kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritdi. Aftidan, “Yuventus” yaqin kelajakda bunday muvaffaqiyatlarni orzu ham qilmasligi mumkin.

 

“La Stampa” xabariga ko‘ra, Annelli, Nedved va klubning boshqa sobiq boshliqlari hisobotni buzganliklari uchun tez orada jiddiy ayblovlarga duch kelishlari mumkin. Ularni qamoq va jarimalar kutmoqda. “Yuventus” klubi ham katta miqdorda jarimalarga tortilishga yaqin turibdi.

 

“Yuventus” ishi bo‘yicha yakuniy hukm hali eʼlon qilinmagan. Klub B Ceriyaga tushib ketishdan qutulishi mumkin. Ammo “Yuve” yaqin kelajakda omadsizlik botqog‘iga botadigan tashkilotga aylanishi tobora oydinlashib bormoqda. Agnelli va kompaniyaning inqirozi uzoq vaqt davomida klubga salbiy taʼsir ko‘rsatadi. Hatto Zidandek mashhur shaxsning taklifi ham superyulduz futbolchilarni Turinga jalb eta olmasligi mumkin.

 

Uzoq kutish va takliflarni ko‘rib chiqish Zidanni haddan tashqari zeriktirgan. Unda hozir faqatgina muammoli “Yuventus” varianti bor. Turinda katta natijalar ko‘rsatish qiyin bo‘ladi.

 

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Zidanning oldida bitta variant bor | Zamon.uz