Kroos Germaniyaning muvaffaqiyatsizligida ayblanmoqda
U mundialda ishtirok etmadi.

“Real” yarim himoyachisi Toni Kroos Germaniya terma jamoasining JCH-2022da muvaffaqiyatsiz ishtirok etganligida ayblanmoqda. Futbolchi jahon chempionatida ishtirok etmagan.
Ispaniyaning “El Chiringuito” nashri jurnalisti Kristina Kubero JCH-2022da Germaniya terma jamoasidagi tartibning buzilishiga turnir boshlanishidan oldin terma jamoadagi faoliyatini yakunlagan Toni Kroos aybdor ekanligini aytgan.
Futbolchi bunga javoban: “Kimdir aybni mening zimmamga yuklamoqchi bo‘lishini bilardim”, — deya munosabat bildirgan.
Qatardagi jahon chempionatida Yaponiya, Ispaniya va Kosta-Rika bilan bir guruhdan joy olgan Germaniya natijada keyingi bosqichga chiqa olmadi.







