Sport

Manchesterliklar to‘rt nafar futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi

Ular jamoada 2024 yilgacha qoladi.

Manchesterliklar to‘rt nafar futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi

 

“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Erik ten Xag klub to‘rt nafar futbolchisi, himoyachilar Diogo Dalo va Lyuk Shou, yarim himoyachi Fred, hujumchi Markus Reshford bilan shartnomani uzaytirganini maʼlum qildi.

 

“Ha, buni tasdiqlashim mumkin. Biz xursandmiz, chunki jamoa to‘g‘ri yo‘nalishda ketmoqda va bu futbolchilar ham ishonchni oqlashmoqda”, — deya bosh murabbiyning so‘zlaridan “qizil iblislar” matbuot xizmati iqtibos keltirdi.

 

“Yunayted” bir yillik shartnomani uzaytirish variantlarini faollashtirdi, unga ko‘ra o‘yinchilarning kelishuvlari 2024 yilning yozigacha amal qiladi.

 

Manchesterliklar to‘rt nafar futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi | Zamon.uz