Sport

Yevropada kutilayotgan qishki transferlar

JCH-2022 qahramonlari qayerga borishi mumkin?

Yevropada kutilayotgan qishki transferlar

 

Tez orada Yevropaning yetakchi ligalarida transfer oynasi ochiladi. Qoidaga ko‘ra, qishda yozga qaraganda ancha kam bitimlar amalga oshiriladi. Ammo noodatiy vaqtda bo‘lib o‘tgan jahon chempionati muhim transferlar sonini ko‘paytirmoqda. Mundialdan so‘ng futbolchilarning qaysi biri yaqin kelajakda klubini o‘zgartirishi mumkin? Quyida shu haqda to‘liq maʼlumotga ega bo‘lishingiz mumkin.

 

Krishtianu Ronaldu: erkin agent → “Al-Nasr”

 

Portugaliyalik futbolchi Qatarda bo‘lib o‘tgan jahon chempionati vaqtida klubsiz qoldi. Kutilganidek, shov-shuvli intervyu “MYU” boshliqlarini g‘azablantirdi. Hamda ular futbolchi bilan kelishuvni tugatishdi. Ronalduning qaysi jamoaga o‘tishi ayni vaqtda muxlislarning diqqat markazida bo‘lib turibdi. “AS” nashrining xabariga ko‘ra, hozircha Krishtianu faqat bitta rasmiy taklif olgan. Saudiyaning “Al-Nasr” klubi futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Buning uchun klub hujumchiga mavsumiga taxminan 200 million yevro to‘lashga tayyor. Ammo Ronaldu hali yakuniy qarorga kelgani yo‘q.

 

Saudiyaliklarning ham o‘ziga yarasha manfaati bor. Ular bunday shov-shuvli transfer 2030 yilgi jahon chempionatiga mezbonlik qilish huquqini qo‘lga kiritishga yordam berishiga ishonmoqda. “Al-Nasr” Ronaldu yil oxirigacha taklifni qabul qiladi degan umidda. Ronaldu keyingi jahon chempionatida ham o‘ynashni xohlamoqda. Hozircha biz hammasini kuzatishda davom etamiz.

 

Kodi Gakpo: “PSV” → “Manchester Yunayted”

 

Jahon chempionati oldidan Gakpo “PSV”da o‘zining yorqin o‘yinlari bilan muxlislarning olqishiga sazovor bo‘lgandi. 23 yoshli futbolchi mavsumning birinchi qismida juda munosib statistikaga erishdi. U 24 ta uchrashuvda 13 gol urdi va 17 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Qatarda esa iqtidorli gollandiyalik futbolchi guruh bosqichidagi har bir o‘yinda gol urgan bo‘lsada, pley-offda biroz omadi yurishmadi. “Manchester Yunayted” Gakpoga JCH-2022 oldidan ham qiziqish bildirgandi. Endi esa klub kurashga yanayam jiddiy kirishdi.

 

Gollandiya klubi bosh murabbiyi Rud van Nistelroy Kodi qishki transfer oynasidayoq boshqa jamoaga o‘tishini istisno qilmadi.

 

Aleksis Mak Allister: “Brayton” → “Arsenal”, “Tottenhem”, “Manchester Yunayted”, “Atletiko Madrid”

 

Jahon chempionati oldidan faqat Premyer-ligani yaqindan kuzatib boradiganlargina Mak Allister haqida bilishardi. Argentinalik futbolchi Qatardagi turnirni zahiradan boshladi. Lionel Skaloni turnir davomida futbolchiga kuchli ishonch bildirdi hamda natijada u ishonchni oqlay oldi. Musobaqa oxirida esa Argentina termasi bilan jahon chempionligini qo‘lga kiritdi. Hozirda “Arsenal”, “Tottenhem”, “Manchester Yunayted” va “Atletiko” klublari futbolchi uchun kurash olib bormoqda. APL yetakchisi bosh murabbiyi Mikel Artetaning fikricha, Aleksis jamoaning o‘yin tizimiga juda mos tushadi. “Brayton” esa futbolchi bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Mak Allister joriy mavsumda Premyer-ligada 14 ta o‘yinda maydonga tushib 5 ta gol urgan.

 

Emiliano Martines: “Aston Villa” → “Bavariya”

 

Martinesning faoliyatida keskin o‘sish kuzatilmoqda. Darvozabonning agenti futbolchi Chempionlar ligasi klubida o‘ynashga tayyorligini aytgan. Hozircha birinchi variant “Bavariya” klubi bo‘lib turibdi. Nemis grandi mavsum yakuniga qadar Noyer bilan xayrlashadi va endi uning o‘rniga o‘rinbosar qidirmoqda. To‘g‘ri, “Bavariya”ning qisqa ro‘yxatida yana bir nechta munosib nomzodlar bor. “PSJ” zaxira o‘rindig‘ida qolib ketayotgan Keylor Navas yoki JCH-2022 kashfiyotlaridan biriga aylangan Dominik Livakovich.

 

Martines 2010-yildan beri Angliyada o‘ynab kelmoqda. U “Arsenal”da ham to‘p surgan ayni paytda esa “Aston Villa”da o‘ynamoqda. Jahon chempionatida Emiliano Argentina terma jamoasining g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi. Bundan tashqari u bir nechta provokatsion xatti-harakatlari bilan ham ajralib turdi.

 

Sofian Amrabat: “Fiorentina” → “Liverpul”

 

Marokash terma jamoasi 2022-yilgi jahon chempionatida munosib qatnashdi. Bu esa terma aʼzosi Amrabatning narxini sezilarli darajada oshirdi. “Fiorentina” 26 yoshli futbolchi bilan xayrlashishga yaqin. Mundialdan avval uning transfermarktdagi narxi hozirgiga qaraganda to‘rt baravar past bo‘lgan. Insayder Janluka Di Marsio Amrabat keyingi faoliyatini “Liverpul”da davom ettirmoqchi ekanligi haqida xabar bermoqda. 

 

Marokash terma jamoasi bosh murabbiyi Valid Regragi bir oy oldin Sofyan Yevropaning yetakchi klublaridan biriga o‘tishini bashorat qilgandi. Futbolchiga yana bir davogar “Tottenhem” klubi bo‘lib turibdi. Joriy mavsumda Amrabat Italiya chempionatida bor-yo‘g‘i ikkita o‘yinni o‘tkazib yuborgan.

 

Isko: erkin agent → Premyer-liga klubi

 

Ispaniyalik futbolchi “Sevilya” bilan shu yilning avgust oyida shartnoma imzolagandi. Biroq, oradan uch oy o‘tib tomonlar shartnomani bekor qilishgani maʼlum bo‘ldi. 30 yoshli futbolchi barcha musobaqalarda 19 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Ko‘rinishidan, Isko faoliyatini APLda davom ettiradi. Uning xizmatlariga “Arsenal” va “Tottenhem” klublari qiziqish bildirmoqda.

 

Enso Fernandes: “Benfika” → “Liverpul” yoki “Real”

 

Futbolchi endigina 21 yoshga to‘ldi. Shuningdek, u allaqachon jahon chempioni va 2022-yilgi Jahon chempionatining eng yaxshi yosh futbolchisi nomiga sazovor bo‘ldi. O‘tgan yozda “Benfika” futbolchini “River Pleyt”dan sotib olgandi. Futbol uchun 12 million yevro to‘lagan. Endi jamoa yana-da ko‘proq pul ishlashi aniq. “Real Madrid” va “Liverpul” iqtidorli futbolchiga daʼvogarlik qilmoqda. Premyer-liga klubi shartnomada ko‘rsatilgan tovon pulini to‘lashga tayyor. “Benfika” esa futbolchilarini top-klublarga sotishda tajribali ekanini inobatga olsak, ular imkon qadar futbolchi uchun ko‘proq pul ishlashga harakat qilishadi.

 

Enso Qatarda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatini zaxira o‘yinchisi sifatida boshladi. Dastlabki ikki o‘yinda zaxiradan maydonga tushdi. Shundan so‘ng murabbiylar shtabi futbolchiga asosiy tarkibda o‘ynash imkoniyatini berdi. Va hujumchi bu imkoniyatdan unumli foydalandi.

 

Memfis Depay: "Barselona" → "Nyukasl"

 

Gollandiyalik futbolchining ispan jamoasi bilan shartnomasi 6 oydan keyin tugaydi. “Nyukasl” Memfisni Premyer-ligaga qaytarmoqchi (u 2015-yildan 2017-yilgacha “Manchester Yunayted”da o‘ynagan), ammo “Barsa” futbolchini tovon pulisiz qo‘yib yubormoqchi emas. Ushbu mavsumning birinchi qismi Memfis uchun omadli o‘tmadi. Natijada, JCH-2022 oldidan Depay Ispaniya chempionatida bor-yo‘g‘i uchta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urdi. Tez orada Memfis “Barselona” bosh murabbiyi Xavi bilan uchrashuv o‘tkazishi kutilmoqda, shundan so‘ng ko‘p narsa oydinlashadi.

 

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Yevropada kutilayotgan qishki transferlar | Zamon.uz