Levandovski yana uch yil yuqori darajada o‘ynamoqchi
U hozir o‘ttiz to‘rt yoshda.

“Barselona” hujumchisi Robert Levandovski keyingi uch yil davomida yuqori saviyada o‘ynay olishi mumkinligiga ishonmoqda.
“Keyingi uch yil davomida shu darajada bo‘lishim mumkinligini bilaman, chunki imkon qadar ko‘proq o‘ynash uchun ko‘proq mashg‘ulot o‘tkazaman. Men o‘zimni jamoadoshlarimdan zo‘r futbol o‘ynayman deb hisoblamayman, doim yuroqi sport formasida bo‘lishga harakat qilaman”, — deya Levandovskining so‘zlaridan “Football Espana” nashri iqtibos keltirdi.
34 yoshli Levandovski joriy mavsumda klub va Polsha terma jamoasi safida 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 21 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Klub bilan kelishuv 2026-yilda yakuniga yetadi.







