MSK majlisida faqat Kusherbayev masalasi ko‘rilgani yo‘q
Senat aʼzolaridan birining ham vakolati muddati tugatildi.

Bugun Markaziy saylov komissiyasining yig‘ilishi o‘tkazildi.
Maʼlum qilinishicha, Oliy Majlis Senati aʼzosi Farxod Ermanov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Qaroriga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi lavozimiga tayinlanganligi munosabati bilan uning yozma arizasiga ko‘ra, senatorlik vakolati muddatidan ilgari tugatildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasining aʼzosi Rasul Kusherbayev o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilish haqida bergan yozma arizasiga muvofiq uning deputatlik vakolati muddatidan ilgari tugatilgandi.







