O‘quvchining onasi va o‘qituvchi o‘rtasida janjal bo‘ldi — video
Hodisa Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahridagi 15-sonli maktabida sodir bo‘lgan.

Farg‘ona viloyati IIBning maʼlum qilishicha, joriy yilning 19 dekabr kuni 15-maktabning 7-sinf o‘quvchisi M.O. dars paytida tashqariga chiqib kelish uchun o‘qituvchisi R.T. dan ruxsat so‘ragan lekin o‘qituvchi javob bermagan bo‘lsada, ruxsatsiz tashqariga chiqib ketayotgan vaqtida, o‘qituvchi R.T.ning “qush uyasida ko‘rganini qiladi” degan gapini eshitib, yaqinlari R.U. hamda U.R.larni chaqirib kelgan. Shundan so‘ng maktab o‘qituvchilari bilan sinf xonasida o‘zaro janjal kelib chiqqan.
Janjal davomida o‘qituvchilar R.T. va M.U.lar tan jarohati olib, shifoxonaga murojaat qilishgan.
Mazkur holat Marg‘ilon shahar IIB tomonidan tegishli tartibda ro‘yhatga olinib, hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.







