Suares Braziliya klubi bilan kelishuvga erishdi
Jamoa bilan ikki yillik shartnoma imzolanishi mumkin.

Luis Suares 2023-yilni ham okean ortida o‘tkazishga yaqin.
Goal xabariga ko‘ra, Urugvay milliy jamoasining 35 yoshli forvardi tez orada Braziliya chempionatida faoliyat boshlaydi. U “Gremio” klubi bilan ikki yillik shartnoma masalasida kelishuvga erishgan. Suares “Nasional”dan erkin agent sifatida “Gremio”ga ko‘chib o‘tadi.
Maʼlumot uchun, Luis 2022-yilgi mavsumning ikkinchi qismini Urugvayning “Nasional” klubida o‘tkazgan edi.
Avvalroq Suaresga Angliyaning “Aston Villa” va AQSHning “Inter Mayami” klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.








