Eng dolzarb

Toshkent shahar prokurori Surxondaryoga hokim bo‘ldi

Prezidentning tegishli farmoni bilan To‘ra Bobolov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Surxondaryo viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi.

Toshkent shahar prokurori Surxondaryoga hokim bo‘ldi

 

Bugun Surxondaryo viloyati hokimligida viloyat faollari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi rahbari Sardor Umurzoqov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirok etdi.

 

Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari bilan 2019 yildan buyon Surxondaryo viloyati hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelgan To‘ra Bobolov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi va shu kunga qadar Toshkent shahri prokurori lavozimida faoliyat yuritib kelgan Ulug‘bek Berdiqobilovich Qosimov Surxondaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

 

So‘zga chiqqanlar faollar voha ahli yangi rahbar atrofida jipslashib, keyingi yillarda qo‘lga kiritilgan yutuq va natijalarni yana-da yuksaltirish, barcha soha va tarmoqlar bo‘yicha qabul qilingan dasturlarni izchil amalga oshirish yo‘lida astoyidil mehnat qilishlarini taʼkidlashdi.

 

Maʼlumot uchun, Ulug‘bek Qosimov Surxondaryo viloyatining Muzrabot va Denov tumanlari hokimi, Surxondaryo va Farg‘ona viloyati prokurori lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

Toshkent shahar prokurori Surxondaryoga hokim bo‘ldi | Zamon.uz