Messi hali Parijga qaytmadi
Qolgan o‘yinchilar jamoaga qo‘shilgan.

Argentina terma jamoasi bilan jahon chempionligini qo‘lga kiritgan “PSJ” hujumchisi Lionel Messi hamon jamoa bazasiga qaytmagan. U bugungi mashg‘ulotlarni o‘tkazib yuborgan. Eslatib o‘tamiz, JCH-2022da ishtirok etgan barcha asosiy futbolchilar, jumladan Kilian Mbappe, Neymar va Ashraf Hakimi ham jamoaga qo‘shilgan. Bu haqda klub matbuot xizmati rasmiy sayti xabar berdi.
Fransiya chempionati “PSJ” uchun ertaga bo‘lib o‘tadigan Strasburgga qarshi o‘yin bilan davom ettiriladi. Liga 1 doirasidagi 15 uchrashuvdan so‘ng “PSJ” 41 ochko bilan turnir jadvalida birinchi o‘rinda bormoqda.







