“Siti” Grealishni Leuga almashmoqchi
“Milan” esa bunga qarshi.

“Manchester Siti” “Milan” hujumchisi Rafael Leuni sotib olish variantini qidirishda davom etmoqda. Ingliz klubi portugaliyalik futbolchi evaziga o‘zining qanot himoyachisi Jek Grealishni taklif qilishga tayyor. Bu haqda “Calciomercatoweb” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “Milan” Grealishni qo‘lga kiritishga qarshi emas, ammo britaniyalik futbolchini Leoga almashtirishni to‘g‘ri deb hisoblamaydi. “Rossoneri” rahbariyatining fikricha, Jekning “Siti”dagi maoshi ancha oshib ketgan va Rafael Leu esa yoshligi tufayli o‘sish uchun katta imkoniyatlarga ega.
23 yoshli Leau 2019 yildan beri “Milan”da to‘p suradi. Joriy mavsumda u klub safida 26 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Tomonlar o‘rtasidagi kelishuv 2024 yilda yakuniga yetadi.







