Koreya OKMKga 12 million dollar grant ajratadi
Bu bo‘yicha Koreya Milliy Assambleyasi tomonidan qaror qabul qilindi.

25 dekabr kuni Koreya Milliy Assambleyasi tomonidan Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga 15 mlrd von(12 mln AQSH dollari atrofida) miqdoridagi grant ajratilishi bo‘yicha qaror qabul qilindi.
Mazkur grant mablag‘lari doirasida Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish birlashmasining O‘zbek-Koreys ilmiy texnik markazi qoshida sanoat tajriba sexi tashkil etiladi.
Ushbu sexga zamonaviy laboratoriya jihozlari hamda texnologik uskunalari olib kelinadi. U yerda ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish dasturga asoslangan holda ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, yangi texnologiyalarni jalb qilish bo‘yicha tadqiqot ishlari olib boriladi.







