Ta'lim

4K – bo‘lajak taʼlimni belgilaydi

Yangi avlod darsliklari taqdimotida tanishtiriladigan o‘quv-metodik komplekslar (O‘MK) asosini Tanqidiy fikrlash, Jamoaviy ishlash, Ijodkorlik (Kreativlik) va Muloqot qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish (4K) tamoyili tashkil etadi.

4K – bo‘lajak taʼlimni belgilaydi

 

Ularni ishlab chiqishda xalqaro dasturlar tomonidan o‘quvchilarning muvaffaqiyatlarini baholashda   qo‘llaniladigan  namunaviy  topshiriqlar o‘rganib chiqildi va asos qilib olindi (PISA, PIRLS, TIMSS, EGMA, EGRA).

 

O‘quv metodik komplekslar faol o‘quv jarayoni uchun to‘liq materiallar to‘plami: darsliklar, mashq daftarlari, o‘qituvchilar uchun uslubiy qo‘llanmalarni o‘z ichiga oladi. 

 

Shuningdek, Estudy elektron taʼlim platformasi ham  ushbu tizimga uyg‘un tarzda qiritilgan. U matematika, tabiatshunoslik, informatika kabi fanlar bo‘yicha o‘quv kurslarni hamda egallangan bilimlarni  mustahkamlash uchun  300 dan ziyod  ongni oshiradigan o‘yinli vazifalarni o‘z ichiga oladi. 

 

Platformadan dars davomida ham,  bo‘sh vaqtda ham foydalanish mumkin. O‘quvchilar uning yordamida o‘zlashtirgan materialni mustahkamlash bilan birga, mustaqil ravishda dasturdan ilgarilab ketishlari ham mumkin. Platforma TAS-IX tarmog‘ida joylashtirilgan, bu esa undan bepul foydalanish imkonini beradi.

 

O‘quv-metodik komplekslar Android, IOS platformalari va “Matematika” va  “Alifbo” mobil ilovalari uchun o‘zbek va rus tillarida ongni o‘stiradigan o‘yinlar to‘plamiga ega interfaol  o‘quv dasturini  ham o‘z ichiga oladi. 

 

Eʼtiborlisi, 1-3 sinflar uchun taqdim etilgan darsliklarning bir qismi, xususan, tasviriy sanʼat, o‘zbek tili va musiqiy savodxonlik bo‘yicha kitoblar kengaytirilgan reallik texnologiyalaridan  foydalanilgan holda ishlab chiqilgan. 

 

Bu o‘quvchilarni  fanga yana-da ko‘proq qiziqtirish hamda bugungi o‘smirlar hayotida muhim bo‘lgan gadjetlarni  foydali vositaga aylantirish maqsadida ishlab chiqildi. Kengaytirilgan reallik ilovasi  1 marta yuklab olinadi va oflayn rejimida ishlaydi.

 

Ushbu darsliklarda  nafaqat  fanlar, balki 21-asrda zarur bo‘lgan  hayotiy ko‘nikmalar ham o‘rgatiladi. 

 

Ayni damda kitoblar yosh psixologiyasini hisobga olgan holda, ishlab chiqilgan. Masalan, birinchi sinfda taʼlim jarayoniga ko‘proq o‘yin orqali yondashiladi, maʼlumotlar  asosan ko‘rsatish-vizual tarzda yetkaziladi.

Ta’lim va ilm-fan yagona boshqaruv tizimida: yangi model nimalarni o‘zgartiradi?

Ta’lim va ilm-fan yagona boshqaruv tizimida: yangi model nimalarni o‘zgartiradi?

Ta’lim va ilm-fanni boshqarish bo‘yicha yangi islohotlar xalqaro tajribaga asoslanmoqda.

Ta’lim sohasidagi bugungi yangilanishlarning asosiy mazmun-mohiyati nimada?

Ta’lim sohasidagi bugungi yangilanishlarning asosiy mazmun-mohiyati nimada?

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ta’lim tizimidagi yangi islohotlar mazmunini tushuntirdi.

Ta’lim tizimida katta islohot: ikki vazirlik yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi sifatida qayta tashkil etildi

Ta’lim tizimida katta islohot: ikki vazirlik yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi sifatida qayta tashkil etildi

Ushbu islohot orqali ta’limning barcha turlari o‘rtasidagi o‘zaro uzviylik va bardavomlikni ta’minlash ko‘zda tutilgan.

Milliy sertifikatdagi ball berish tizimi qayta ko‘rib chiqiladi

Milliy sertifikatdagi ball berish tizimi qayta ko‘rib chiqiladi

Bunga sertifikat orqali OTMga hujjat topshirayotgan abituriyentlar sonining yildan-yilga oshib borayotgani sabab bo‘lmoqda.

Abituriyentlarga oltinchi ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati bu yildan joriy etiladimi?

Abituriyentlarga oltinchi ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati bu yildan joriy etiladimi?

56,7 balldan kam ball to‘plagan abituriyentlar soni ham ma’lum qilindi.

OTMlarga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi

OTMlarga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi

Abituriyentlar o‘z natijalarini to‘rt xil usulda bilishi mumkin.

5 yillik ish stajiga ega fuqarolarga oliygohga tavsiyanoma beruvchi tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi

5 yillik ish stajiga ega fuqarolarga oliygohga tavsiyanoma beruvchi tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi

Tasdiqlangan ro‘yxatdan jami 87 ta vazirlik, idora, davlat organi, agentlik, uyushma va yirik korxonalar o‘rin olgan.

“Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida 10 mingdan ortiq o‘quvchi milliy sertifikat oldi

“Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida 10 mingdan ortiq o‘quvchi milliy sertifikat oldi

40 mingga yaqin 11-sinf o‘quvchisining xorijiy til bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari oshirildi.

4K – bo‘lajak taʼlimni belgilaydi | Zamon.uz