Ta'lim

"Biz 20 yilda o‘qituvchilarga eʼtibor qaratmadik. Bundan kim yutqazdi?"

Ayni vaqtda prezident Shavkat Mirziyoyev Xalqaro kongress markazida taʼlim sohasidagi islohotlar haqida murojaat qilmoqda.

"Biz 20 yilda o‘qituvchilarga eʼtibor qaratmadik. Bundan kim yutqazdi?"

 

Taʼlim sifatida oshirishga bag‘ishlangan uchrashuvda davlat rahbari bugungi mavzu naqadar muhimligini yana bir bor taʼkidlab o‘tdi.

 

“Mana bugun taʼlim sifatini oshirish, yangi darsliklar masalasida gaplashamiz. Xo‘sh, bu yangi darsliklarni farzandlarimizga kim yetkazadi? Albatta muallim! Men bekorga muallimning obro‘sini ko‘tarish haqida takror-takror gapirmayman. Bugungi globallashuv davrida taʼlim, kelajak avlod barkamolligi qay darajada muhimligini yanayam kuchliroq anglab yetyapmiz. 

Bugun yoshlarimiz, bolalarimizning o‘zi “Bizga kechagi kun taʼlimi kerak emas” degan talabni qo‘yishyapti. Hozirgi islohotlarimizni reajalashtiryapmiz, katta-katta marralarni qo‘yyapmiz. Ularni aytish oson, lekin bajarish azob. Lekin har qancha qiyin bo‘lmasin biz farzandlarimiz uchun bu islohotlarni amalga oshirish uchun harakat qilishimiz shart", — dedi Davlatimiz rahbari.

 

Prezident Yangi O‘zbekistondagi tashabbuslarni, ayniqsa, taʼlim bo‘yicha islohotlarni chekka hududlarga ham kirib borishga harakat qilinayotgani haqida gapirdi.

 

“Biz avvalo ustozning, muallimning obro‘sini ko‘tarishimiz kerak. Aytish kerakki, biz 20 yilda o‘qituvchilarga eʼtibor qaratmadik. Bundan kim yutqazdi? Albatta, biz.

Navoiyga borganimda yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdim. Ulardan «sizlarni nima qiynayapti?», deb so‘radim. Ular javob bera olmadi. Savolga o‘zim javob berdim: «korxonalardagi yangi texnika, asbob-anjomlarni ishlatishda qiyinchiliklar bo‘lyaptimi?», degan edim, bir yigit bunga javoban «bilim yetishmayapti», dedi. Bu ham haqiqat”, — dedi prezident.

 

Davlat rahbari har bir inson o‘zining ertanggi kuni bo‘lgan farzandlarni muallimga ishonib topshirishi haqida ham gapirdi.

 

«Oxirgi yillarda taʼlimda o‘qituvchining kayfiyati, dars berishi o‘zgargani ham adolatli haqiqat. Men o‘zim ham taʼlim berganman, bilaman bu sohani. Oliy Majlisga yo‘llangan murojaatnomada aytilgan oltita yo‘nalishni bajarish azob. Lekin bugun qiynalmasak, ertaga natija bo‘lmaydi», — deya qo‘shimcha qildi Shavkat Mirziyoyev.

Ta’lim va ilm-fan yagona boshqaruv tizimida: yangi model nimalarni o‘zgartiradi?

Ta’lim va ilm-fan yagona boshqaruv tizimida: yangi model nimalarni o‘zgartiradi?

Ta’lim va ilm-fanni boshqarish bo‘yicha yangi islohotlar xalqaro tajribaga asoslanmoqda.

Ta’lim sohasidagi bugungi yangilanishlarning asosiy mazmun-mohiyati nimada?

Ta’lim sohasidagi bugungi yangilanishlarning asosiy mazmun-mohiyati nimada?

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ta’lim tizimidagi yangi islohotlar mazmunini tushuntirdi.

Ta’lim tizimida katta islohot: ikki vazirlik yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi sifatida qayta tashkil etildi

Ta’lim tizimida katta islohot: ikki vazirlik yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi sifatida qayta tashkil etildi

Ushbu islohot orqali ta’limning barcha turlari o‘rtasidagi o‘zaro uzviylik va bardavomlikni ta’minlash ko‘zda tutilgan.

Milliy sertifikatdagi ball berish tizimi qayta ko‘rib chiqiladi

Milliy sertifikatdagi ball berish tizimi qayta ko‘rib chiqiladi

Bunga sertifikat orqali OTMga hujjat topshirayotgan abituriyentlar sonining yildan-yilga oshib borayotgani sabab bo‘lmoqda.

Abituriyentlarga oltinchi ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati bu yildan joriy etiladimi?

Abituriyentlarga oltinchi ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati bu yildan joriy etiladimi?

56,7 balldan kam ball to‘plagan abituriyentlar soni ham ma’lum qilindi.

OTMlarga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi

OTMlarga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi

Abituriyentlar o‘z natijalarini to‘rt xil usulda bilishi mumkin.

5 yillik ish stajiga ega fuqarolarga oliygohga tavsiyanoma beruvchi tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi

5 yillik ish stajiga ega fuqarolarga oliygohga tavsiyanoma beruvchi tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi

Tasdiqlangan ro‘yxatdan jami 87 ta vazirlik, idora, davlat organi, agentlik, uyushma va yirik korxonalar o‘rin olgan.

“Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida 10 mingdan ortiq o‘quvchi milliy sertifikat oldi

“Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida 10 mingdan ortiq o‘quvchi milliy sertifikat oldi

40 mingga yaqin 11-sinf o‘quvchisining xorijiy til bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari oshirildi.

"Biz 20 yilda o‘qituvchilarga eʼtibor qaratmadik. Bundan kim yutqazdi?" | Zamon.uz