"Dok-1 Maks"ni ishlab chiqargan kompaniyaning barcha dorilari savdosi to‘xtatildi
Ushbu preparat qo‘llanishi sabab shu vaqtga qadar O‘zbekistonda 20 nafar go‘dak vafot etdi.

30 dekabrdan boshlab Hindistonning Marion Biotech kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan va yurtimizda ro‘yxatdan o‘tkazilgan barcha turdagi dori vositalarining savdosi vaqtinchalik to‘xtatildi.
Marion Biotech tomonidan ishlab chiqarilgan «Dok-1 Maks» dori vositasi tarkibida qo‘shimcha yot moddalar aniqlanganligi bois, hozirda ushbu kompaniyaning boshqa mahsulotlari ham chuqur laborator tekshiruvlaridan o‘tkazilmoqda.
Quyida kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan asosiy dori vositalari ro‘yxatini eʼtiboringizga havola etamiz:
“Kyurazit” siropi;
"Dok-1 Maks" sirop va tabletkalari;
"Nol gripp" sirop va tabletkalari;
"Sinepar kid" siroplari;
“Ambronol” siropi;
“Travamaks” sirop va tabletkalari.
Eslatib o‘tamiz, ushbu preparat qo‘llanishi sabab shu vaqtga qadar O‘zbekistonda 20 nafar go‘dak vafot etdi.







