“Aka-uka” mashg‘ulotda
Kecha Krishtianuning tanishtiruv marosimi o‘tkazilgandi.

Saudiyaning “Al-Nasr” klubining yangi aʼzosi Krishtianu Ronaldu o‘zbekistonlik Jaloliddin Masharipov bilan birgalikda mashg‘ulotlarda qatnashdi.
2020 yilda O‘zbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Masharipov 2021 yilning yanvarida 1 million yevro evaziga “Al-Nasr”ga o‘tgandi.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldu klubga kelguniga qadar 7-raqamda aynan Jaloliddin to‘p surar edi.
“Al-Nasr”da Ronalduni diqqat bilan kuzatib boring. U o‘z davrining eng yaxshi futbolchilaridan biri. Krishtianudan o‘rganishim kerak bo‘lgan juda ko‘p narsa bor”, — deydi Jaloliddin Masharipov.







