“Arsenal” qoqilishni boshladi
Jamoa kecha bu yilgi mavsumda raqiblariga ilk bor gol ura olmadi.

Kecha Angliya premyer-ligasining 19-turidan o‘rin olgan Londonning “Arsenal” hamda “Nyukasl” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Jamoalar Londondagi “Emireyts” stadionida to‘qnash kelishdi. Qarama-qarshilik 0:0 hisobida yakunlandi.
Shu tariqa, “Arsenal” APLning joriy mavsumida ilk bor raqiblariga gol ura olmadi. Londonliklar bungacha liganing barcha 16 o‘yinida kamida bitta gol urib kelishayotgan edi.
“Arsenal” hamon APL turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Mikel Arteta jamoasi 17 uchrashuvdan so‘ng 44 ochko to‘plagan. Eng yaqin taʼqibchi “Manchester Siti”da 36 ochko bor.







