Manchesterliklar “Sehrli tayoqcha”ga qiziqishmoqda
Biroq, bu amalga osharmikan?

“Manchester Yunayted” “Milan” hujumchisi Olive Jiruga qiziqish bildirmoqda.
Ingliz klubi hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun Italiya klubi hujumchisi bilan shartnoma imzolash variantini ko‘rib chiqmoqchi. Bu haqda “The Times” nashri xabar berdi. Biroq fransiyalik futbolchi milanliklar bilan shartnomani uzaytirish taklifini kutmoqda.
Hujumchi va “Milan” o‘rtasidagi kelishuv joriy mavsum oxirigacha mo‘ljallangan. Oldinroq tomonlar shartnomani 2024 yilgacha uzaytirishga kelishib olgani haqida xabar berilgandi.







