Pike o‘zining klubida o‘ynamoqchi
Biroq, bu ayrim qoidalarga to‘g‘ri kelmaydi.

“Barselona” va Ispaniya terma jamoasining sobiq himoyachisi Jerar Pike futbolchilik faoliyatini davom ettirish arafasida. Ispaniyalik futbolchi o‘ziga tegishli bo‘lgan “Andorra” klubida o‘ynamoqchi. Bu haqda “Relevo” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Ispaniya chempionatining ikkinchi divizioniga tegishli bo‘lgan “Andorra” klubining moliyaviy qoidalari Pike faoliyatini qayta tiklashga xalaqit berishi mumkin. Ayni damda klub Ispaniya ikkinchi divizioni turnir jadvalida 10-o‘rinni egallab turibdi.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yilning kuzida 35 yoshli Pike Kataloniya klubidagi faoliyatini yakunlaganini eʼlon qilgan edi. Futbolchining so‘nggi o‘yini Ispaniya La Ligasida “Osasuna” bilan uchrashuv bo‘ldi.







