Tennis olami ham urushga befarq emas
"Australian Open" Ukrainaga yordam uchun pul yig‘adi.

16-yanvar kuni “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi mavsumning birinchi turniri – " Australian Open" musobaqasi boshlanadi. Tashkilotchilar Ukrainadagi urushni eʼtiborsiz qoldirmadilar.
Turnir boshlanishidan oldin ham Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun bir qator xayriya o‘yinlari o‘tkaziladi.
Karlos Alkaras, Rafayel Nadal, Kori Gauff, Mariya Sakkari, Aleksandr Zverev, Frensis Tiafu va Aleks de Minaur ularda o‘ynash istagini bildirishgan.
"Tennis Plays for Peace" xayriya tadbiri 11-yanvarda "Rod Laver Arena"da bo‘lib o‘tadi. Uchrashuvlar uchun chiptalar allaqachon sotuvga chiqarilgan.
Tadbirdan tushgan barcha mablag‘ urushdan jabr ko‘rgan ukrainaliklarga gumanitar yordam ko‘rsatadigan Avstraliyaning UNICEF va " Global Giving" fondiga o‘tkaziladi.







