Baxmutning qancha qismi vayron etilgan?
Ayni kunlarda ushbu shahar Rossiya-Ukraina kuchlarining Donbassdagi asosiy to‘qnashuv nuqtasi bo‘lib turibdi.

Ayni kunlarda Rossiya va Ukraina kuchlarining asosiy to‘qnashuv nuqtasi bo‘lib turgan Baxmutning 60 foizi vayron qilingan. Bu haqda Donesk viloyati administratsiyasi rahbari Pavel Kirilenko maʼlum qildi.
“Dushman qancha harakat qilmasin, u oldinga siljimayapti. Ular qanchalik muvaffaqiyatga erishgan bo‘lmasin, yana shahar tashqarisiga uloqtirib tashlandi. Amalda ular hozir tekislikda turibdi, bu shaxsiy tarkib o‘rtasida katta yo‘qotishlarga sabab bo‘lmoqda”, – degan Kirilenko.
Baxmut uchun jang 6 oydan ortiq davom etmoqda. Vladimir Zelenskiy 4 yanvar kungi videomurojaatida shaharda harakatlanayotgan barcha ukrain harbiylariga minnatdorchilik bildirdi.
Ukraina prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya olti oydan buyon butun Donbassni ishg‘ol etishga harakat qilmoqda. U ushbu hududda rossiyaliklar kuchlarini doimiy ravishda oshirib borayotganini aytgan.







