Sport

Braziliyalik futbolchilar tanqid ostida qoldi

Ular Pelening dafn marosimiga kelmagan.

Braziliyalik futbolchilar tanqid ostida qoldi

 

Pelening dafn marosimiga kelmagan sobiq va hozirgi braziliyalik futbolchilar qattiq tanqid qilindi. Muxlislar, ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlarda bu haqda fikr bildirishgan.

 

Bu, birinchi navbatda, “Santos”ning sobiq futbolchisi Neymarga qaratildi. U “PSJ” futbolchisi Pelega bag‘ishlangan xayrlashuv postini joylashtirdi. Biroq, hujumchi obunachilardan salbiy fikrlarni qarshi oldi.

 

Pelening dafn marosimida taniqli sobiq futbolchi Kakaning ishtirok etmagani ham muxlislarni g‘azablantirdi. Taxminan bir yil oldin yarim himoyachi Braziliya xalqini xorijliklar kabi o‘z futbol qahramonlarini hurmat qilmayotgani uchun qoralagan edi.

 

Shuningdek, Pelening dafn marosimini o‘tkazib yuborgan Ziko, Romario, Ronaldo, Ronaldinyo va boshqa bir qator mashhur braziliyaliklar ham tanqid qilindi.

 

Braziliyalik futbolchilar tanqid ostida qoldi | Zamon.uz