Konte katta loyiha boshlagan
U ingliz jamoasini boshqarishda davom etyapti.

“Tottenhem” bosh murabbiyi Antonio Konte jamoani tark etishi mumkinligini tan oldi.
“Bu yerda mening vazifam ligada g‘alaba qozonish emas, “Tottenhem”da mustahkam loyiha yaratish. Keyin bu ishni davom ettirishga ahd qilsam va bir kun kelib natijasini ko‘rsam, jamoada qolaman. Agar 100% ishonchim komil bo‘lmasa, men bu yerdagi ishimni tark etishim mumkin”, — deya jurnalist Fabritsio Romano murabbiyning so‘zlaridan iqtibos keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, Konte 2021-yilning noyabrida “Tottenhem”ni boshqargan edi. Uning klub bilan shartnomasi 2023-yilgacha mo‘ljallangan. “Tottenhem” hozirda 33 ochko bilan APL turnir jadvalida 5-o‘rinda bormoqda. Jamoa peshqadam “Arsenal”dan 11 ochko ortda qolmoqda.







