Klopp qachondir Germaniyani boshqarishi mumkin
Uning "Liverpul"dagi ishlari yaxshi emas.

“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp Germaniya terma jamoasini boshqarish imkoniyatini inkor etmadi.
“Ehtimol, qachondir Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘lishim mumkin. Lekin buning uchun yaxshi loyiha ishlab chiqilishi kerak. Agar “Liverpul”ni tark etsam, bir yil davomida hech qanday ish qilmayman”, — deya Kloppning so‘zlaridan “Bild” nashri iqtibos keltirdi.
Klopp 2015 yildan buyon “Liverpul”ni boshqarib kelmoqda. Bungacha germaniyalik mutaxassis Dortmundning “Borussiya” va “Mayns” klublarida ishlagan. Uning ingliz klubi bilan shartnomasi 2026 yilgacha mo‘ljallangan.







