Putin Rojdestvo tufayli Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga topshiriq berdi
Avvalroq u Erdog‘an bilan telefon muloqotida Ukraina masalani muhokama qilgandi.

Vladimir Putin Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoyguga 6 yanvar 12.00 dan 7 yanvar 24.00 ga qadar Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha topshiriq berdi.
Bugun Rossiya rahbari Turkiya prezidenti Erdog‘an bilan qo‘ng‘iroqlashgandi. Unda tomonlar qurolli mojaroni to‘xtatish masalasini ko‘rib chiqqan.
Bundan oldin rus pravoslav cherkovi rahbari Patriarx Kirill Rojdestvoda Ukrainada o‘t ochish rejimini joriy etishni taklif qilgandi.







