Ronaldu hali o‘yin o‘tkazolmaydi
Bunga sabab bor.

O‘tgan mavsumda “Everton” bilan o‘yindan keyin “Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu yosh muxlislardan birining qo‘lidan telefonni tortib olgan voqea Saudiya Arabistoni chempionatida portugaliyalik futbolchi uchun yaxshi oqibatga olib kelmaydi. “Daily Mail” nashrining xabariga ko‘ra, 37 yoshli hujumchi ikki o‘yinga diskvalifikatsiya qilinadi.
FIFA qoidalariga ko‘ra, bitta ligada joriy qilingan taqiq boshqa mamlakatlar chempionatlariga ham tegishli bo‘lishi kerak. Tashkilot komissiyasining qaroridan so‘ng Angliya Premyer-ligasi xalqaro tanaffusga chiqdi, shundan so‘ng Ronaldu va “Manchester Yunayted” hujumchi bilan rezonansli intervyu tufayli shartnomani bekor qildi. Shu bois, portugaliyalik haligacha jazo muddatini o‘tamagan.
“Al-Nasr” bugun “Al-Tae” klubi bilan navbatdagi o‘yinni o‘tkazadi, shundan so‘ng, 14 yanvar kuni klub turnir jadvalidagi asosiy raqibi “Al-Shabab” bilan bahs olib boradi.







