Gvardiola “Chelsi”ni qanday mag‘lub etganini aytdi
Kecha londonliklar “shaharliklar”ga yutqazib qo‘ydi.

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Angliya chempionatining 19-turidan o‘rin olgan “Chelsi”ga qarshi o‘yindagi g‘alaba haqida fikr bildirdi. Londondagi “Stemford Bridj” stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuv mehmonlarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
“Birinchi bo‘limda unchalik yaxshi o‘ynamadik. Biz o‘yinchilarimiz himoyada beshta bo‘lib o‘ynashga qaror qilsalar, maydonga moslasha oladigan tarkibdan foydalanishga qaror qildik. Birinchi bo‘limda juda ko‘p kurashdik. Ikkinchi bo‘limning birinchi daqiqasidanoq hammasi yaxshi tarafga o‘zgardi. Bu uch ochko biz uchun juda muhim edi”, — deya Gvardiolaning so‘zlaridan “BBC” nashri iqtibos keltirdi.
“Chelsi” va “Manchester Siti” uch kundan keyin yana to‘qnash keladi. 8 yanvar kuni Manchesterda Angliya kubogi 1/32 finali o‘yini bo‘lib o‘tadi.







