Kollej va texnikumlar uchun to‘lov-kontrakt miqdori o‘zgarmaydi
Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovasion rivojlanish vazirligi ma’lum qildi.

Kollej va texnikumlarda 2022/2023-o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari o‘zgarishsiz qoldi.
Davlat komissiyasining tegishli qarori bilan kollejlar va texnikumlarda 2022/2023 o‘quv yili uchun barcha bosqichdagi o‘quvchilarning to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymati miqdorlari mos ravishda 2021/2022 o‘quv yili uchun belgilangan miqdorlarda saqlanib qoldi.
Xususan, 2022/2023 o‘quv yilida kollej va texnikumlarda to‘lov kontrakt miqdori quyidagicha:
Sog‘liqni saqlash, Pedagogika, Biznes va boshqaruv, San’at, Ijtimoiy ta’minot, Xizmat ko‘rsatish, Jurnalistika va ijtimoiy axborot — 4 685 400 million so‘m;
Tabiiy fanlar, Transport, Muhandislik ishi, Aloqa va axborotlashtirish, telekommunikasiya texnologiyalari, Kompyuter texnologiyalari va informatika hamda Gumanitar fanlar — 4 521 000 million so‘m;
Qishloq xo‘jaligi irrigasiya va meliorasiyasi, Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi, Ishlab chiqarish va qayta ishlash tarmoqlari, Arxitektura va qurilish, Hayotiy faoliyat xavfsizligi, Qishloq xo‘jalik texnikasi, Veterinariya va Atrof-muhit muhofazasi — 4 356 600 million so‘m.







