Sport

Toshkentda mijoz talashgan makler hamkasbini jarohatladi

Oqibatda jabrlanuvchi qorin oldi devori sanchilib kesilgan jarohati, taloq va buyrak shikastlanishi bilan shifoxonaga murojaat qilgan.

Toshkentda mijoz talashgan makler hamkasbini jarohatladi

 

Toshkent shahri Chilonzor tumanida maklerlar uy talashib janjallashishi oqibatida ulardan biri jarohatlandi, deya xabar bermoqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati.

 

Maklerlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 23 yoshli S.U. 3 yanvar kuni tanishi 21 yoshli F.K. bilan Chilonzor tumani 16-dahada joylashgan Y.J.ning ijaraga berayotgan uyiga bir vaqtda bir mizojni olib borgan. Shundan so‘ng o‘rtalarida janjal kelib chiqqan va oqibatda uyning oldida S.U. jahl ustida qo‘lida bo‘lgan nomaʼlum jism bilan F.K.ning qorin sohasiga urib, unga jarohat yetkazgan.

 

Oqibatda F.K. RSHTIYOMga qorin oldi devori sanchilib kesilgan jarohati, taloq va buyrak shikastlanishi kabi jarohatlar bilan murojaat qilgan.

 

Holat yuzasidan tuman IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan S.U.ga nisbatan Jinoyat kodeksning 104-moddasi 2-qismi “l” bandi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Toshkentda mijoz talashgan makler hamkasbini jarohatladi | Zamon.uz