“Bizga unvonlar kerak”
Ten Xag maqsadlarini ochiqladi.

“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Erik ten Xag jamoasi Angliya kubogi 3-bosqichi uchrashuvi yakunlarini sarhisob qildi. Unda mankunianliklar “Everton”ni 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
“Everton yaxshi o‘ynadi, ular dadil harakat qilishdi, tomoshabinlar shou ko‘rishdi. Biz esa g‘alaba qozondik. Hammasi yaxshi, men xursandman. “Manchester Yunayted” doimo sovrinlar uchun kurashadi va biz shu yo‘ldamiz. Endi keyingi o‘yin haqida o‘ylayapmiz, unvonlarga erishish qiyin. Ishlash va rivojlanish kerak”, — deya “BBC” nashri murabbiyning so‘zlaridan iqtibos keltirdi.
“Manchester Yunayted” 12 karra Angliya kubogi sohibi hisoblanadi. Oxirgi marta jamoa bu sovrinni 2016-yilda qo‘lga kiritgandi.
Eslatib o‘tamiz, 17 turdan so‘ng mankunianliklar o‘z hisobida 35 ochko to‘plagan holda APL turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.







