Sport

Narxi keskin ko‘tarilgan eng yosh futbolchilar

Ularning ayrimlari Qatar-2022da ajoyib o‘yinlarni namoyish etishdi.

Narxi keskin ko‘tarilgan eng yosh futbolchilar

 

Qatardagi so‘nggi jahon chempionati baʼzi futbolchilarning transfer narxini sezilarli darajada oshirdi. Gap bir yil ichida boshqalarga qaraganda narxi keskin oshgan 10 nafar futbolchi haqida ketmoqda. Xvicha Kvaratsxeliya ro‘yxatda jahon chempionatiga chiqmagan yagona futbolchi.

 

Darvin Nunes (“Liverpul”) + 38 million yevro (hozirgi narxi 70 million yevro)

 

Hujumchi 2022 yilning birinchi yarmida yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. O‘tgan yili “Benfika”ni tark etgan futbolchi “Liverpul” aʼzosiga aylandi. Hozir urugvaylik futbolchining narxi 70 million yevroni tashkil qiladi, ammo yozda “Liverpul” uning uchun ko‘proq pul to‘lagandi. O‘shanda “Benfika” 80 million yevro, yana 20 million yevro bonuslar ham olgandi. Baʼzida Nunez yaxshi darajani namoyish etadi, biroq so‘ngi kunlarda u tanqidlar ostida qolmoqda. 2022 yil oxirida Darvin o‘zining birinchi jahon chempionatida ishtirok etdi. Biroq, hujumchi bironta o‘yinda gol urolmadi.

 

Rodrigo (“Real Madrid”) + 40 million yevro (80 million yevro)

 

O‘tgan yili “Real Madrid”ning Chempionlar ligasidagi g‘alabasining asosiy sababchilaridan biri ikki baravar qimmatlashdi. O‘tgan mavsum davomida Rodrigo to‘qqizta gol urgan bo‘lsa, bu safar u 7 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi. Yil oxirida braziliyalik futbolchi jahon chempionatiga yo‘l oldi. 9 yanvar kuni Rodrigo o‘zining 22 yoshini nishonlaydi va uning narxi vaqt o‘tishi bilan oshishi mumkin. Aytgancha, “Real” futbolchini 2019 yilning yozida “Santos”dan 45 million yevroga sotib olgandi.

 

Xvicha Kvaratsxeliya (“Napoli”) + 44 million yevro (60 million yevro)

 

Gruziyalik futbolchi 2019 yil boshida Rossiyaning “Lokomotiv” klubiga o‘tgandi. O‘shanda uning transfer narxi bor-yo‘g‘i 350 ming yevro edi. Uch yildan so‘ng Xvich Batumining “Dinamo” jamoasiga qo‘shildi. Bu vaqtga kelib uning narxi sezilarli darajada oshgandi. Shundan so‘ng ushbu ko‘rsatkich deyarli to‘rt baravar ko‘paydi va barchasi 2022/2023 yilgi mavsumning birinchi qismidagi ajoyib o‘yin tufayli sodir bo‘ldi. Kvaratsxeliya “Napoli” libosida 18 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urdi va 10 ta golli uzatma muallifiga aylandi. Mahalliy muxlislar 21 yoshli futbolchining o‘yinlarini olqishlab, unga “Quaradona” kabi turli taxalluslarni o‘ylab topishdi.

 

Jamol Mutsiala (“Bavariya”) + 45 million yevro (100 million yevro)

 

Iqtidorli nemis futbolchisining karerasi juda tez o‘smoqda. Mutsiala atigi 19 yoshda. Uning narxi allaqachon 100 million yevrodan oshgan. Joriy mavsumda Jamol “Bavariya” tarkibida 22 ta o‘yin o‘tkazib, 12 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Yosh futbolchi uchun ajoyib raqamlar. Mutsiala Qatarda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatiga ham yo‘l oldi va uning jamoasi guruh bosqichi yakunlariga ko‘ra musobaqadan chiqib ketdi. Balki, Germaniya terma jamoasi turnirda biroz muvaffaqiyatli o‘ynaganida, Mutsialaning narxi yana bir necha millionga oshgan bo‘lardi.

 

Enso Fernandes (Benfika) + 50 million yevro (55 million yevro)

 

Bir yil oldin Fernandesning narxi bor-yo‘g‘i 5 million yevro edi. Biroz vaqt o‘tgach, futbolchi “River Pleyt”dan Benfika klubiga o‘tdi. O‘shanda portugaliyaliklar futbolchi uchun 15 million yevro to‘lagandi. Xabarlarga ko‘ra, yaqinda argentinalik futbolchi “Chelsi” safiga qo‘shiladi. Fernandes jahon chempioni va turnirning eng yaxshi yosh o‘yinchisi sifatida Londonga ko‘chib o‘tadi, “Chelsi” esa Enso uchun 130 million yevro to‘lashi kutilmoqda.

 

Entoni (“Manchester Yunayted”) + 50 million yevro (75 million yevro)

 

O‘tgan yozda “Ayaks” Entoni transferidan katta foyda ko‘rdi. Ular uni 15,75 million yevroga sotib olishib, “Manchester Yunayted”ga 95 million yevroga sotishdi. Ingliz klubi unga haddan tashqari ko‘p pul to‘ladi va hozircha braziliyalik futbolchi bu mablag‘ni oqladi deb aytish qiyin. U joriy mavsumning 14 o‘yinida uchta gol urishga erishdi, xolos. Entoni jahon chempionatida ishtirok etdi. Lekin u yerda asosan zaxiradan maydonga tushdi. Natijada braziliyalik futbolchi turnirni omadsiz yakunladi.

 

Joshko Gvardiol (“RB Leypsig”) + 50 million yevro (75 million yevro)

 

Ayrim ekspertlar JCH-2022 yarim finalidan keyin xorvatiyalik himoyachining narxi haqida kinoya bilan gapirishdi. Gvardiolning xatosi bilan o‘tkazib yuborilgan uchinchi gol bunga sabab bo‘ldi. Shunga qaramay, Gvardiol Germaniya klubiga ko‘chib o‘tganidan so‘ng bir yarim yil ichida sezilarli yutuqlarga erishdi. Joshko allaqachon terma jamoa bilan ikkita yirik turnirda (Yevro-2020 va JCH-2022) ishtirok etdi. Bu vaqt ichida esa uning narxi deyarli 4 baravarga oshdi.

 

Rafael Leau (“Milan”) + 50 mln yevro (85 mln yevro)

 

Portugaliyalik futbolchi mavsumni ajoyib o‘tkazdi. Bu mavsumda Leauda ajoyib statistika bor. U jamoasi safida 21 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchiga Angliyaning top-klublaridan qiziqish bo‘layotgani haqidagi maʼlumotlar matbuotda muntazam ravishda chop etilmoqda. Ammo futbolchi Italiya jamoasini tark etishni xohlamayapti. Bundan tashqari, “Milan” Rafael bilan maoshini oshirish bilan yangi shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda. JCH-2022da Leau beshta o‘yinda atigi 83 daqiqa o‘ynadi, ammo ikkita gol urdi.

 

Aureliyen Tchuameni (“Real Madrid”) + 50 million yevro (90 million yevro)

 

Uch yil oldin Tchuameni “Bordo”dan “Monako” klubiga o‘tgandi. Uning o‘sha paytdagi narxi 14 million yevro edi. 2022 yilning yozida “Real” yarim himoyachini 80 million yevroga. Yil oxirida 22 yoshli fransuz futbolchisi terma jamoasining asosiy o‘yinchisi sifatida jahon chempionatiga yo‘l oldi. Natijada turnirda kumush medalni qo‘lga kiritdi.

 

Gavi (“Barselona”) + 50 million yevro (90 million yevro)

 

Bu futbolchi endigina 18 yoshga to‘ldi. Uning transfer narxi 100 million yevroga yaqinlashmoqda. “Barselona” bosh murabbiyi Xavi yarim himoyachining o‘yinini yuqori baholaydi. Gavi faoliyatidagi ilk jahon chempionati jamoasi bilan muvaffaqiyatli ishtirok etolmadi. Yarim himoyachining o‘zi turnirdagi barcha o‘yinlarda maydonga tushdi. Shu bilan birga, Gavi Ispaniya terma jamoasi safida jahon chempionatlarida o‘ynagan eng yosh futbolchiga aylandi.

 

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Narxi keskin ko‘tarilgan eng yosh futbolchilar | Zamon.uz