Stoltenberg: Rossiya va Xitoy hamkorligi dunyo tartibotiga tahdid tug‘dirmoqda
NATO bosh kotibi ikki davlatning yaqinlashuviga sabab bo‘layotgan omillarni maʼlum qildi.

Rossiya va Xitoy hamkorligining kuchayishi mavjud dunyo tartibotiga tahdid tug‘dirmoqda. Bu haqda NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg maʼlum qildi.
“Ularni mavjud dunyo tartibotini o‘zgartirish istagi birlashtirib turadi. Gap shundaki, ular bizning qadriyatlarimizga qo‘shilmaydi va o‘z manfaatlarini ... himoya qilishga harakat qilmoqda. Xavfli dunyoda alyans davlatlari birgalikda harakat qilishi kerak”, – degan u Norvegiyadagi chiqishida.
Bosh kotibning so‘zlariga ko‘ra, Pekinning Rossiyaning Ukrainadagi harakatlarini qoralashdan bosh tortgani ikki davlatning birlashuvini ko‘rsatib berdi. Stoltenberg Xitoy NATOni aybdor qilib ko‘rsatayotganiga eʼtibor qaratgan.
U, shuningdek, Moskva va Pekin harbiy va iqtisodiy sohalarda hamkorlikni chuqurlashtirganini taʼkidlagan.







