“Qirolga to‘g‘ri munosabat bo‘lmoqda”
Ronalduning opasi ukasi haqida gapirdi.

“Al-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronalduning opasi Katya Aveyro mashhur portugaliyalik hujumchining “Al-Nasr”dagi taqdimotiga baho berdi.
"Qanday chiroyli. Qirolga to‘g‘ri munosabatda bo‘lmoqda”, — deb yozdi u ijtimoiy tarmoqda.
Ronalduning “Al-Nasr” bilan shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan. “Al-Nasr”ga o‘tishdan oldin Krishtianu “Manchester Yunayted” futbolchisi edi, u 2022 yilning noyabr oyida britaniyalik jurnalist Pirs Morgan bilan shov-shuvli intervyudan so‘ng jamoani tark etdi. Oldinroq “Al-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronalduning Saudiya klubi futbolchisi sifatida taqdimotini 3 milliardga yaqin odam tomosha qilgani maʼlum bo‘lgandi. Bu voqea dunyoning 40 ga yaqin kanallari tomonidan namoyish etildi.







