Sport

“Yangi Didye Drogba”

“Chelsi” futbolchiga jiddiy qiziqmoqda.

“Yangi Didye Drogba”

 

“Chelsi” klubi egasi Todd Bouli hozirgi holat haqida emas, kelajak haqida o‘ylamoqda. “Chelsi” birin-ketin yosh futbolchilar bilan shartnoma imzolamoqda. Yozda klub Gabriyel Slonina, Karni Chukvuemeka va Kesare Kazadeilarni o‘z safiga kiritishni reja qilgan. Qishda, Enso Fernandes, Andrey Santos, Yussouf Mukoko va boshqalar yangi kelganlar qatoriga kiradi. Londonliklar 20 yoshli hujumchi David Datro Fofanani ham o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Xo‘sh, bu futbolchi aslida kim? “Chelsi” nimaga uni o‘z safiga qo‘shib olyapti?

 

David Datro Fofana kim?

 

Kot-dʼIvuarlik bu hujumchi vinger sifatida ham o‘ynay oladi. 20 yosh forvardning bo‘yi 181 sm. Bo‘yining u darajada baland emasligiga qaramay havoda juda yaxshi o‘ynay oladi. Tezlik va dribling ham uning kuchli tomonlaridan. Futbolchi to‘p bilan mohirona muomala qiladi va xavfli vaziyatlarni bir o‘zi yarata oladi. David o‘ng oyog‘i bilan emas, ko‘pincha chap oyog‘i bilan gol uradi. Bu fazilatlarning umumiyligi shuni ko‘rsatadiki, Kot-dʼIvuarlik futbolchining Premyer-ligaga o‘t olish imkoniyati bor.

 

Yevropada kuchli debyut

 

O‘z vatanida uni bir vaqtning o‘zida bir nechta Yevropa klublarining skautlari payqashgan. Fofana uchun kurash jiddiy tus oladi. Bir intervyuda u dastlab Fransiyaga ko‘chib o‘tishga moyil bo‘lganini, ammo Norvegiya klubining munosabati uni fikrini o‘zgartirishga majbur qilganini aytadi. 2021-yilning fevralida ivuarlik futbolchi Norvegiyaga yetib keladi va birinchi o‘yinini o‘tkazadi. Debyut o‘yinida u zaxiradan maydonga tushadi va gol uradi. David “Xoffenxaym” bilan Yevropa ligasining 1/16 finalidagi bahsda jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoladi. Keyin norveglar ikkinchi o‘yinda g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga yo‘l olishadi. O‘sha mavsumda Kot-dʼIvuarlik futbolchi klubda uchta gol urdi.

Ammo o‘tgan mavsum David uchun chinakam muvaffaqiyatli yil bo‘ldi. U 37 ta o‘yinda 21 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Va bunday chiqish nafaqat gigant jamoalarning qiziqishini, balki top hujumchilar bilan taqqoslanishiga sabab bo‘ldi. Uni ham “Molde” klubida o‘ynagan yangi “Erling Holand” va “yangi Didye Drogba” deb atashdi. David taqqoslashga qarshi emas. Bunday sermahsul mavsum unga Kot-dʼIvuar terma jamoasi eshiklarini ochdi. Noyabr oyida u Burundi terma jamoasi bilan o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi, ammo hech narsa qila olmadi.

 

Kuzdayoq top klublar hujumchini sotib olishga qiziqish bildirayotgani haqida mish-mishlar tarqala boshladi. Daʼvogarlar orasida “Shalke”, “Lester”, “Brayton” va hatto “Liverpul” ham bor edi. Ammo ular orasida birdaniga “Chelsi” paydo bo‘ldi.

 

Nima uchun “Chelsi”ga Fofana kerak edi?

 

London klubi oxirgi paytlarda hujumchilari bilan kelisha olmayapti. Shuning uchun Grem Potter jamoasiga hujum chizig‘ida munosib o‘yinchilarni izlamoqda.

 

“Chelsi” hujumchining kelajagiga ishonmoqda. Todd Bouli boshqaruvidagi klubning o‘ziga xos uslubi bor. Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, ivuarlik o‘yinchi uchun taxminan 12 million yevro tayyorlanmoqda. Shubhasiz, Fofana darhol asosiy o‘yinlarda qatnasha olmaydi. Biroq, Angliyada o‘zini tanitish uchun barcha imkoniyat bor.

 

“Chelsi”ga o‘tsam orzuyim ushaladi"

 

Bu transferning amalga oshishi Davidning orzusi bilan bog‘liq. Yozda u bir intervyusida shunday degan edi: “Chelsi” mening bolaligimdagi sevimli klubim. U yerda Didye Drogba o‘ynagan, shuning uchun men doimo ularni qo‘llab-quvvatlaganman. “Chelsi”ga o‘tish mening orzuyim".

 

Ammo David  barchasiga moslasha olsa va jamoada o‘zini ko‘rsatsa u “Stemford Brij” muxlislari uchun “yangi yetakchi”ga aylanadi.

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

“Yangi Didye Drogba” | Zamon.uz