Lyov Anchelottiga o‘rinbosar sifatida ko‘rilmoqda
U avval Germaniya termasini boshqargan.

Madridning “Real” klubi bosh murabbiy Karlo Anchelotti o‘rniga Yoaxim Lyovni olib kelishni maqsad qilmoqda. Bu haqda “El Nacional” nashri xabar bermoqda.
62 yoshli Lyov 2006-yildan 2021 yilgacha Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘lgan. Uning qo‘l ostida jamoa 2014 yilda jahon chempionligini qo‘lga kiritdi. Keyinchalik u o‘z lavozimini Xans-Diter Flikga topshirdi.







