Mourinyo Braziliyani boshqarishi oydinlashmoqda
U Karlos Albertoni murabbiylar shtabiga taklif qilgan.

Braziliyalik sobiq futbolchi Karlos Alberto “Roma” bosh murabbiyi Joze Mourinyo Braziliya terma jamoasini boshqarishini malum qildi.
“Balki Mourinyo Braziliya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi bo‘lar. Bu amalga oshsa men yangilikni siz bilan ochiq baham ko‘raman. U mendan murabbiylar shtabiga kirishimni ham so‘radi”, — dedi sobiq futbolchi.
Alberto 2004-yilda “Portu”da Mourinyo qo‘l ostida o‘ynagan. Portugaliyalik murabbiy faoliyati davomida biror marta terma jamoa bilan ishlamagan. Klublar miqyosida Mourinyo Portugaliyaning “Portu” va “Benfika”, Angliyaning “Chelsi”, “Manchester Yunayted” va “Tottenhem”, Italiyaning “Inter” va “Roma”, “Real Madrid” klublarida ishlagan.







