“Potter ishonchli murabbiy”
“Chelsi” rahbarlari shunday fikrda.

“Chelsi”ning omadsiz natijalariga qaramay, London klubi rahbariyati amaldagi bosh murabbiy Grem Potterga ishonch bildirmoqda. Natijaga erishish uchun murabbiyga ko‘proq imkoniyatlar beriladi. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “Chelsi” rahbarlari Potterning murabbiylik fazilatlariga ishonishadi va uni ishdan bo‘shatishmoqchi emas. Qolaversa, murabbiy ishga kirishda unga vaqt berilishini va birinchi mavsumda keskin qarorlar qabul qilmasligini kafolatlashni talab qilgan.
“Aristokratlar” rahbariyati klubni o‘tish davrini boshdan kechirayotgani, jamoa tarkibi esa optimallikdan yiroq, bu esa natijalarga taʼsir qilmoqda, deb hisoblamoqda. Shu bilan birga, “Chelsi” rahbarlari Potterni uzoq muddatga ideal murabbiy sifatida ko‘rishadi.
Eslatib o‘tamiz, londonliklar allaqachon barcha kubok bahslaridan chiqib ketishgan va Premyer-liga turnir jadvalida bor-yo‘g‘i 10-o‘rinni egallab turishibdi.







