Eng dolzarb

Shahzoda Garrining nomi otasining toj kiyish marosimi uchun tayyorlangan ssenariydan o‘chirib tashlandi

Bunga so‘nggi vaqtlarda shahzoda Garrining shov-shuv ko‘tarish va qirollik oilasi aʼzolarini qoralashga harakat qilayotgani sabab bo‘lgan.

Shahzoda Garrining nomi otasining toj kiyish marosimi uchun tayyorlangan ssenariydan o‘chirib tashlandi

 

Sasseks gersogi, Buyuk Britaniya qiroli Charlz III'ning kenja o‘g‘li Garri ismi otasining toj kiyish marosimi uchun tayyorlangan ssenariydan o‘chirib yuborildi. 

 

Britaniya monarxining kichik o‘g‘li marosimda rasmiy rolga ega bo‘lmaydi. Qirol Charlz anʼanadan chetga chiqqan holda gersoglarning qirol qarshisida tiz cho‘kib, unga hurmat bajo keltirishidan voz kechadi. Bu rolni faqatgina shahzoda Uilyam bajaradi.

 

Bunga so‘nggi vaqtlarda shahzoda Garrining shov-shuv ko‘tarish va qirollik oilasi aʼzolarini qoralashga harakat qilayotgani sabab bo‘lgan.  

 

Eslatib o‘tamiz, Buyuk Britaniya qiroli Charlzning toj kiyish marosimi 2023 yilning 6 may sanasiga rejalashtirilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

Shahzoda Garrining nomi otasining toj kiyish marosimi uchun tayyorlangan ssenariydan o‘chirib tashlandi | Zamon.uz