Toshkent viloyatining ayrim joylarida qor qalinligi 2 metrga yaqinlashdi
Viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi telegram kanaliga Chotqol qo‘riqxonasidagi ayni damdagi jarayon aks etgan video joyladi.

Viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi telegram kanaliga Chotqol qo‘riqxonasidagi ayni damdagi jarayon aks etgan video joyladi.
Xabarga ko‘ra, Chotqol davlat biosfera rezervat qo‘riqxonasi hududida ayni paytda qorning qalinligi 1-1,5 metrni tashkil etmoqda. Qo‘riqxona hududining ayrim shamol orqali to‘planib qolgan joylarida qorning qalinligi 2 metrni ko‘rsatmoqda.
Chotqol davlat biosfera rezervat qo‘riqxona yuqori qismida hozirda qor yog‘moqda. Qo‘riqxona hududida ayni damda havo harorati 15-17darajada sovuq ekani qayd etildi.







