Sport

Beyl faoliyatini tugatdi

Futbolchidan muxlislar uchun ajoyib xotiralar qoldi.

Beyl faoliyatini tugatdi

 

Kecha Garet Beyl 33 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi. Uning so‘nggi klubi “Los-Anjeles” bo‘ldi.

 

Garet Beyl

Uelslik hujumchi

 

“Ko‘p o‘ylanib, klub va xalqaro faoliyatimni yakunlaganimni eʼlon qilaman. Men orzuimni ro‘yobga chiqarganim va o‘zim yoqtirgan sport bilan shug‘ullanganimdan juda baxtiyorman. Endi men hayotimda yangi sahifaga o‘tyapman. Bu o‘zgarish vaqti va yangi sarguzashtlar uchun imkoniyat”.

 

Beyl faoliyatini “Sautgempton” klubida boshladi. Keyin esa “Tottenhem”ning yulduziga aylandi. “Real”da to‘qqiz yil davomida to‘p surdi. Beylning faoliyati ko‘tarilishlar va pasayishlarga to‘la bo‘ldi.

 

2018 yilgi Chempionlar ligasi finalida urilgan gol

 

Finalda Madridning “Real” klubi Kiyevdagi “Olimpiyskiy” stadionida “Liverpul” bilan chempionlik uchun kurash olib bordi. O‘shanda Beyl 61-daqiqada zahiradan maydonga tushdi. Bu vaqtga kelib uchrashuvda hisob 1:1 edi: avval Karim Benzema gol urdi, keyin Sadio Mane hisobni tenglashtirdi.   Shunda hujumchi darhol o‘yinga qo‘shildi. Uch daqiqa o‘tgach, tablodagi hisob “Real Madrid” foydasiga o‘zgardi. Sababi Beyl jamoasini hisobda oldinga olib chiqadi. 83-daqiqada Beyl dubl qayd etdi va “Real Madrid” yakunda 13-chempionlikni qo‘lga kiritdi, shuningdek, tarixda ketma-ket uchta Chempionlar ligasida g‘alaba qozongan birinchi jamoaga aylandi. Beylning qaychi usulida urgan goli keyinchalik Chempionlar ligasidagi ikkinchi eng yaxshi gol deb topildi.

 

“Barselona” bilan Ispaniya kubogi finali

 

“Real” 11-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda standartdan gol o‘tkazib yubordi va himoyalanishga majbur bo‘ldi. Biroq, 85-daqiqada Beyl aql bovar qilmaydigan o‘yin ko‘rsatdi. U to‘pni maydon o‘rtasida qabul qiladi va raqib darvozasiga qadar barcha futbolchilarni ortda qoldirib gol uradi. Keyinchalik uning tezligi taxminan 9,64 m / s (34,7 km / soat) bo‘lganligi maʼlum bo‘ldi

 

Yevro-2016

 

O‘shanda Beyl tom maʼnoda o‘z jamoasini yarim finalga olib chiqadi va bu katta yutuq edi. Uels 1958 yildan beri yirik turnirlarda ishtirok eta olmagandi. Turnirning yakuniy qismida Beyl jamoani olg‘a boshladi. Avvaliga Slovakiya, keyin Angliya, keyin esa Rossiya darvozasiga gol urdi. Uels oxir-oqibat guruhdan chiqdi va hatto yarim finalga qadar yetib boradi va Portugaliyaga mag‘lub bo‘ladi.

 

2014-yilgi Chempionlar ligasi finalidagi gol

 

“Real Madrid” 90-daqiqagacha “Atletiko”ga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘layotgan paytda Serxio Ramosning goli o‘yinni qo‘shib berilgan vaqtga qadar davom ettirishga sabab bo‘ladi. O‘shanda Beyl 110-daqiqada jamoasining ikkinchi golini uradi va “Qirollik klubi”ga g‘alaba taqdim etadi.

 

Beyl 16 yoshu 275 kunligida “Sautgempton”da debyut qiladi. Jamoa safida Teo Uolkottdan keyin tarixdagi eng yosh ikkinchi futbolchiga aylanadi. O‘sha yilning may oyida u birinchi marta Trinidad va Tobago bilan o‘rtoqlik o‘yinida Uels terma jamoasi libosida maydonga tushadi. Yosh va iqtidorli yigit allaqachon afsonaviy Rayan Giggz bilan tenglashtirilgan edi.

 

2022 yilgi jahon chempionatiga saralash

 

Beyl Avstriyaga qarshi birinchi o‘yinda dubl qayd etadi va birinchi jarima zarbasini ajoyib tarzda amalga oshiradi. Yakunda Uels 2:1 hisobida g‘alaba qozonadi. Shu goli evaziga futbolchi terma jamoa safida eng ko‘p gol urgan o‘yinchilar qatoriga kiradi.

 

Eng qimmat futbolchi

2013 yilning avgust oyida Madridning “Real” klubi transfer bozorini portlatib yubordi. Sababi “Tottenhem” Madrid klubidan Beyl uchun 100 million yevro oladi. O‘sha paytda bu futbol tarixidagi eng qimmat transfer edi.

 

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Beyl faoliyatini tugatdi | Zamon.uz