Ozon qatlami to‘liq tiklanishi mumkinmi?
BMT ekspertlari bu bo‘yicha prognozlarini eʼlon qildi.

Yerning ozon qatlami 4 o‘n yillik davomida qayta tiklanishi mumkin. Bu haqda Amerika meteorologiya jamiyatining 103-yillik uchrashuvida BMT ekspertlar guruhi maʼlum qildi.
Ular taqdim etgan hisobotga ko‘ra, ozon qatlamini yemiradigan moddalarning 99 foizidan foydalanishni to‘xtatish qatlamning saqlab qolinishiga sabab bo‘lgan. Bu o‘z navbatida odamga zararli ultrabinafsha nurlarining salbiy taʼsirini kamaytiradi.
Amaldagi siyosatning saqlab qolinishi natijasida ozon qatlamining Arktikada 2040 yilda 1980 yilgi ko‘rsatkichga qaytishi kutilmoqda. Yerning boshqa mintaqalarida bu natijaga 2045 yilda, Arktikada 2066 yilda erishiladi.







