Ramos Beyl haqida gapirdi
U sobiq futbolchiga ko‘plab xotiralar uchun rahmat aytgan.

“PSJ” himoyachisi Serxio Ramos “Real”dagi sobiq jamoadoshi Garet Beylning futbolchilik faoliyatini yakunlash haqidagi qaroriga munosabat bildirdi.
“Garet, siz bilan juda ko‘p yaxshi lahzalarni baham ko‘rganimdan juda xursandman. Faoliyatingiz davomida siz aql bovar qilmaydigan unvonlarni qo‘lga kiritdingiz, ko‘plab gollar urdingiz va ko‘plab xotiralar qoldirdingiz. Sizga yangi hayot bosqichida omad tilayman”, — dedi Ramos.
Beylning faoliyatidagi so‘nggi klubi “Los-Anjeles” bo‘ldi. Avvalroq futbolchi “Sautgempton”, “Tottenhem” va “Real” klublarida o‘ynagan. Ispaniya klubi tarkibida Beyl besh marta UEFA Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan.







