Taʼlim jarayonlarini 11 yanvardan boshlash noto‘g‘ri — “Yuksalish”
Ertadan universitetlar, texnikum, kollej va akademik litseylarda, shuningdek, Andijon va Xorazm viloyatlaridagi taʼlim muassasalarida darslar boshlanishi rasman tasdiqlandi. Ammo...

“Yuksalish” umummilliy harakati raisi, Oliy Majlis deputati Bobur Bekmurodov maktabgacha va maktab taʼlimi muassasalarida o‘qish jarayonlarini keyingi haftadan boshlash masalasini ko‘rib chiqishga chaqirdi.
"Avvalo, anomal sovuq va yog‘ingarchilik sharoitida o‘quvchilarning taʼlim muassasasiga yetib kelishi keskin qiyinlashadi. Ayrim qishloqlarda bolalar bir necha kilometr piyoda yurib maktabga qatnashini inobatga olish zarur.
Qolaversa, murojaatlarga ko‘ra, qator hududlarda maktabgacha va maktab taʼlimi muassasalarida isitish tizimlari to‘laqonli yo‘lga qo‘yilmagan.
O‘qishni boshlashning aniq muddatini belgilash qarori nafaqat taʼlim muassasalari maʼmuriyati, balki ota-onalar va pedagogik tarkib bilan maslahatlashgan holda qabul qilinishi lozim", — deb yozgan u.
P/S: Ertadan universitetlar, texnikum, kollej va akademik litseylarda, shuningdek, Andijon va Xorazm viloyatlaridagi taʼlim muassasalarida darslar boshlanishiga keng jamoatchilik vakilllari ham qarshi chiqmoqda.







