Sport

“Bavariya”da Noyerning taqdiri hal bo‘lmoqda

Futbolchi ayni vaqtda jarohat olgan.

“Bavariya”da Noyerning taqdiri hal bo‘lmoqda

 

Germaniya terma jamoasi jahon chempionatida omadsiz ishtirok etgach, jamoa darvozaboni Manuel Noyer taʼtilga chiqdi. Sababi ikki hafta noqulay ob-havoda futbol o‘ynash futbolchilarni charchatishi tabiiy edi. U dam olish uchun chang‘i kurortini tanladi. 36 yoshli darvozabon ekstremal sport turlariga juda qiziqadi. Biroq futbolchi u yerda tartibsiz joylarda harakatlandi. Darvozabon uchun bu xavfli edi.  Shunda u jiddiy jarohat oladi va 10 dekabr kuni Myunxen yaqinidagi kasalxonaga yotqiziladi. Bu vaqtga kelib, pospon operatsiya qilindi va mavsumning qolgan qismini o‘tkazib yuborishi maʼlum bo‘ldi. “Bild” nashri futbolchining o‘ng oyog‘ining tibia yopiq qismi singanligini ko‘rsatdi. Darvozan endi yarim yilni tiklanish bilan o‘tkazadi.

 

Ushbu xabardan so‘ng, “Bavariya” darhol munosabat bildirdi. Mish-mishlarga ko‘ra, klub Yevropadagi eng kuchli darvozabonlarga qiziqish bildirmoqda. Birinchi o‘rinda “Borussiya” aʼzosi Yan Zommer. Aytishlaricha, klub hatto Myunxendan taklif olgan. Ammo Myonxengladbax klubi shveysariyalik futbolchinini sotmoqchi emas. Davogarlar ro‘yxatida marokashlik darvozabon Yasin Bono va xatto xorvatiyalik Dominik Livakovich ham bor. Shuningdek, “Monako” posponi Aleksandr Nybel ham “Bavariya”ning qizishlari doirasida bo‘lib turibdi. Biroq hozircha klub aniq bir qarorga kelgani yo‘q. Lekin “Bild” nashri jamoaning niyati jiddiy ekanligini yozmoqda.

 

Jurnalistlar Noyerning jarohati ancha jiddiyroq bo‘lishi mumkinligini aytgan. Klub esa bo‘layotgan voqealarning asl mohiyatini yashirmoqda. Nashrning yozishicha, darvozabonga oyoqning pastki qismini tashkil etuvchi boldir suyagi va tola suyagining ochiq sinishi tashxisi qo‘yilishi mumkin. Bu esa tiklanish vaqtini munosib ravishda uzaytiradi. Shikastlanishdagi to‘qimalarning infeksiyasi va suyaklarning birikmasligi xavfi yuqori. “Bild” nashrining yozishicha, Noyerning atrofidagilar bu tashxisni inkor etmagan, biroq rasmiy bayonot berishdan tiyilishni afzal ko‘rmoqda. Klub ham jim.

 

Shu bilan birga, rahbariyatda Manuel qaytib kelgach (qachonki bu sodir bo‘lsa) endi avvalgidek bo‘lmaydi degan qo‘rquvlar bor. Shu bois, endi uning o‘rniga boshqa darvozabon izlash kerakligini to‘g‘ri qaror deb bilishmoqda.

 

Bosh murabbiy Julian Nagelsman esa shunday degan: 

 

“Taʼtil paytida Noyerning jarohati haqida xabar olish unchalik yoqimli emas. Unga va butun jamoaga achinaman. Bunday holatlar ko‘p uchrab turadi, bu hayot. Avvaliga u o‘zini juda yaxshi his qilmagan, ammo hozir u yaxshilangan. Vaziyat biz uchun juda qiyin. Endi nima qilishni hal qilish oson emas”, — deya murabbiyning so‘zlaridan klub rasmiy sayti iqtibos keltirgan.

 

Nemis insayderlari Noyerning qaytishini eng mantiqiy variant deb bilishadi. Ammo klub eng yaxshi darvozabon bilan birga ishlashni afzal ko‘radi. Munosabatlarni murakkablashtiradigan narsa Noyerning “Bavariya” darvozabonlari murabbiyi Toni Tapalovich bilan ijobiy aloqada ekanligidir. Turli manbalarga ko‘ra, murabbiy Noyerning ashaddiy muxlisi va uning tezroq bazaga qaytishini kutmoqda.

 

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

“Bavariya”da Noyerning taqdiri hal bo‘lmoqda | Zamon.uz