Kutilmagan tashrif: Germaniya tashqi ishlar vaziri Xarkovga keldi
Annalena Berbokning ushbu tashrifi oldindan eʼlon qilinmagan.

Oldindan eʼlon qilinmagan Ukrainaga tashrifi chog‘ida Germaniya Tashqi ishlar vaziriga Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba, Ukrainaning Germaniyadagi elchisi Oleksiy Makeyev va Xarkov meri Igor Terexov hamrohlik qildi.
Berbok Kiyevga yangi qurol yetkazib berish va mamlakatni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini eʼlon qildi.
"Ukraina xalqi bizning birdamligimizga ishonishi mumkinligini bilishi kerak", — deb taʼkidladi u.







