Obameyang yana Ispaniyaga qaytishi mumkin
Unga bir qancha jamoalar qiziqish bildirmoqda

Londonning “Chelsi” klubi hujumchisi, yaqinda londonliklar safiga ko‘chib o‘tgan Per-Emerik Obameyang 2023 yilning boshida o‘z klubini o‘zgartirishi mumkin.
“Daily Mail” xabariga ko‘ra, 33 yoshli futbolchiga Ispaniyaning bir nechta klublari qiziqish bildirmoqda. Joau Feliksning transferi gabonlik futbolchining asosiy tarkibdan tushish imkoniyatlarini sezilarli darajada kamaytirishi va ehtimoliy transferga sezilarli taʼsir ko‘rsatishi mumkin. Qayd etilishicha, hujumchiga qiziqayotgan jamoalar orasida “Atletiko Madrid” ham bor.







