O‘quvchilar darsda. Maktab boshlangani haqidagi rasmiy xabar esa endi berildi
Toshkent viloyatida ham darslar boshlangan. Hokimlik bu haqda endi bayonot bermoqda.

Qayd etilishicha, viloyat hokimining topshirig‘iga asosan, Toshkent viloyatidagi barcha hududlarda hokim, maktab direktori va mahalla raislari bilan maktablardagi issiqlik taʼminoti holati o‘rganilgan, telefon orqali ularning fikrlari olingan.
«O‘rganish ishlari kecha 23:00 da tugallandi. Quyidagi yakuniy xulosaga kelindi:
11 yanvardan viloyat bo‘yicha 77 ta maktabda dars bo‘ladi.
Ushbu maktablarning o‘quvchilari darslar boshlanishi haqida ota-onalar kengashi orqali xabardor qilingan.
Boshqa umumtaʼlim maktablarida o‘qishlar, mavjud sharoitlarni inobatga olgan holda, 12 yanvardan bosqichma-bosqich boshlanadi.
Bugun soat 14:00 da ertadan boshlab dars boshlanadigan boshqa maktablar ro‘yxati eʼlon qilinadi», — deyiladi bayonotda.







