Ronaldu faqat klub muvaffaqiyatiga yordam beradi
U 2030 yilgi jahon chempionatida elchi bo‘lmaydi.

“Al-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistonining 2030 yilgi jahon chempionatiga daʼvogarligi uchun elchi bo‘lmaydi. Avvalroq “Al-Nasr” hujumchisi Saudiya Arabistonining JCH-2030 daʼvogarining elchisi bo‘lishi va buning uchun 200 million yevro olishi haqida xabar berilgandi. “Al-Nasr” bilan tuzilgan shartnoma jahon chempionati uchun hech qanday taklifni bildirmaydi.
“Ronalduning asosiy eʼtibori “Al Nasr”ga qaratiladi va jamoadoshlari bilan hamkorlikda klub muvaffaqiyat qozonishiga yordam beradi”, — deyiladi Saudiya klubi bayonotida.







